Turkiyada pichoq bilan qurollangan o‘smir odamlarga hujum qildi, besh kishi jarohatlandi

Turkiyada pichoq bilan qurollangan o‘smir odamlarga hujum qildi, besh kishi jarohatlandi

Turkiya shimoli-g‘arbidagi Eskishehir shahrida 18 yoshli yigitning pichoq va bolta bilan uyushtirgan hujumi oqibatida 5 kishi yaralandi.

«Cumhuriyet» gazetasining yozishicha, qo‘lga olingan shaxsga harbiy xarakterdagi «kompyuter o‘yinlari ta’sir qilgan».

«Po‘lat jilet va dubulg‘a kiygan va yuzini niqob bilan yashirgan gumonlanuvchi besh kishini pichoqlagan», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan. Ikki jabrlanuvchining ahvoli hayoti uchun xavfli deb baholanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!