Turkiyada hujumga uchragan ukrainalik model yuzasidan choralar ko‘rildi — Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi

Turkiyada hujumga uchragan ukrainalik model yuzasidan choralar ko‘rildi — Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi

Oldinroq 2020 yil 31 iyul, juma kuni kechasi Cheshme shahrida ukrainalik model qiz bilan sodir bo‘lgan voqea haqida ma’lumot bergandik. Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi "Aniq.uz"ga voqea yuzasidan izoh berdi. Unda shunday deyiladi:

"Dunyoning eng ko‘p tashrif buyuradigan o‘lkalaridan biri Turkiyada mehmonlar sog‘lom va osoyishta ta’tilni xavfsiz o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tadbirlar har doim eng yuqori darajada amalga oshiriladi.

2020 yil 31 iyulda, juma kuni kechasi mamlakatimizning yetakchi sayyohlik markazlaridan Cheshmeda, bir mehmonimiz duch kelgan istalmagan hodisadan keyin, barcha tegishli muassasalar, xususan, Turkiya Respublikasi Madaniyat va Turizm vazirligi choralar ko‘rdi. 

Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida: "Men juma kuni kechqurun Cheshme shahrida, turistik hududida aslo sodir bo‘lishi kerak bo‘lmagan voqeani ayniqsa bir ayolga nisbatan qilingan bunday xunuk hujumni qoralayman. Bu qabul qilib bo‘lmaydigan tentaklik hech kimga foyda keltirmasligini birgalikda ko‘rib chiqamiz", deb yozdi.

Turkiyada hujumga uchragan ukrainalik model yuzasidan choralar ko‘rildi — Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi

 

“Cheshme MomoBichda sodir bo‘lgan baxtsiz voqea sababli, barcha aziz turk fuqarolariga mening dardim bilan o‘rtoqlashgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman, meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat, Turkiyada vaqt o‘tkazish har doim juda maroqli.

Turkiya hukumati Madniyat va Turizm vaziri janob Mexmet Nuri Ersoy va hukumat vakili Omer Chelikga ushbu mavzuga befarq bo‘lmaganliklari uchun alohida minnatdorchilik bildiraman.

Turk tizimining haqiqiy adolati bilan bu tezda hal qilinishi va aybdorlar zudlik bilan jazolanishini bilaman.Turkiyada ta’til o‘tkazish juda yoqimli ekanligini bilishingizni xohlayman va barchani bu yerda Turkiyada maroqli dam olishga taklif qilaman”, deb yozdi ukrainalik model o‘z Instagram sahifasida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!