Turkiyada gallyusinasiyaga chalingan ayiq qutqarildi

Turkiyada gallyusinasiyaga chalingan ayiq qutqarildi

Turkiyaning Düzce provinsiyasida yo‘nalishini yo‘qotgan ayiq topildi.

Ayiqni yovvoyi tabiatni muhofaza qilish idoralari vakillari ushlagan. Jonivor ko‘zdan kechirilganda, u mahalliy o‘simlik turlarining nektaridan juda ko‘p asal iste’mol qilganligi ma’lum bo‘ldi. Bu o‘simlik sutemizuvchilarda gallyusinogen ta’sirga olib keladigan neyrotoksinlarni o‘z ichiga oladi.

Veterinariya shifokorlarining so‘zlariga ko‘ra, ayiqning hayotiga hech qanday xavf yo‘q. U tabiatga qaytariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!