Turkiyada barcha sport tadbirlari to‘xtatildi

Turkiyada barcha sport tadbirlari to‘xtatildi

Turkiya zilzila sababli barcha sport tadbirlarini to‘xtatdi.

Yoshlar va sport vaziri Mehmet Muharrem Kasapoglu sport tadbirlarining keyingi qarorga qadar to‘xtatilishini qo‘shimcha qildi.

Xususan, Turkiya chempionatining bugun bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan “Umraniyespor” – “Adana Demirspor”, “Giresunspor” – “Kayserispor” va “Fenerbaxche” – “Konyaspor” uchrashuvlari bekor qilindi. Shuningdek, voleybol, qo‘l to‘pi, og‘ir atletika va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmaydi.

Turkiyaning janubi-sharqida 6 fevralga o‘tar kechasi 7,8 magnitudali zilzila yuz berdi va bu mamlakatda 1939 yildan beri eng kuchlisi bo‘ldi. Zilzila episentri Gaziantep shahri yaqinida joylashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!