Turkiya prezidentining vakili Kalin: Anqara Ukrainadagi referendum natijalarini tan olmaydi

Turkiya prezidentining vakili Kalin: Anqara Ukrainadagi referendum natijalarini tan olmaydi

Turkiya Donbass respublikalari va Ukrainaning qator viloyatlarida Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha o‘tkazilgan referendum natijalarini tan olmaydi, dedi Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalin.

“Biz Ukrainada o‘tkazilgan bir tomonlama referendumlar tashabbusini tan olmaymiz... Biz Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olamiz. Bu urushda biz Ukraina tomonidamiz”, dedi u NTV telekanali efirida.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov avvalroq “Izvestiya” gazetasiga bergan intervyusida Turkiya bilan Ukraina mavzusidagi kelishmovchiliklar mamlakatlar hamkorligiga xalaqit bermasligini aytdi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Rossiya tomoni turkiyalik hamkorlarga o‘z dalillarini keltirishda davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!