Turkiya Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlarini ochish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Turkiya Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlarini ochish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Turkiya AQSh harbiy-dengiz kuchlarining MQ-9 Reaper uchuvchisiz samolyoti qulagan joyga o‘tishi uchun Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlarini ochish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda Milliy mudofaa vaziri Hulusiy Akar Anadolu agentligiga ma’lum qildi.

«Biz masalani diqqat bilan kuzatib boramiz. Turli aloqalar mavjud, jumladan Turkiyaning o‘zida tuzilmalar o‘rtasida. Biz AQShdan hamkorlar bilan oqilona va mantiqiy yechim topishga intilamiz».

Uning qayd etishicha, Anqara vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sergey Shoygu AQSh Mudofaa vazirligi rahbari bilan suhbatda hodisaga amerikaliklarning Rossiya Federasiyasi tomonidan e’lon qilingan parvozlarni cheklash zonalariga amal qilmagani sabab bo‘lganini ta’kidlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!