Turkiya 2028 yoki 2032 yilgi futbol bo‘yicha Yevropa chempionatiga mezbonlik qilishga da’vogarlik qilmoqda

Turkiya 2028 yoki 2032 yilgi futbol bo‘yicha Yevropa chempionatiga mezbonlik qilishga da’vogarlik qilmoqda

Turkiya 2028 yoki 2032 yilgi futbol bo‘yicha Yevropa chempionatini o‘tkazish uchun UEFAga ariza berdi. Bu haqda Anadoly agentligi xabar beradi.

UEFA bayonotida aytilishicha, 2028 va 2032 yilgi chempionatlarga mezbonlik qilishni xohlovchi davlatlar dastlabki takliflarni taqdim etgan.

Turkiya 2028 va 2032 yilgi chempionlik uchun ariza topshirgan, Angliya, Shimoliy Irlandiya, Irlandiya, Shotlandiya va Uels futbol federasiyalari 2028 yil va Italiya 2032 yil uchun nomzodliklarini taqdim etgan.

Ariza topshirishning oxirgi sanasi – 2023 yil 12 aprel. 2028 va 2032 yilgi Yevropa chempionatlari mezbonlari kelasi yilning kuzida e’lon qilinishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!