Zelenskiy: "Vashington Yevropaning yagona pozisiyasini eshitishi muhim"
Evropaning yagona pozisiyasi Vashingtonda aniq eshitilishi nihoyatda muhim.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida Yevropaning bir qancha davlatlari rahbarlari bilan onlayn uchrashuv yakunida yozdi.
Ukraina rahbari polshalik hamkasbi Karol Navroskiyga mezbonlik qilgani uchun minnatdorlik bildirib, muhokamalarni “yirik diplomatik tadbirlar arafasida pozisiyalarni sinxronlashtirish uchun qimmatli imkoniyat” deb atadi.
“Shuningdek, Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen, Litva Prezidenti Gitanas Nauseda, Estoniya Prezidenti Alar Karis va Latviya Prezidenti Edgars Rinkevichsga kecha tunda Rossiyaning zarbasi munosabati bilan qo‘llab-quvvatlagan so‘zlari va samimiy hamdardliklari uchun minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, F-16 halokatidan chuqur qayg‘udamiz. Polshalik uchuvchi halok bo‘ldi, bizning qalbimiz marhumning oilasi va yaqinlari bilan”, — dedi Zelenskiy.
Uning ta’kidlashicha, tomonlar Ukrainada tinchlikka erishish uchun Rossiya Federasiyasiga ko‘proq bosim o‘tkazish bo‘yicha umumiy pozisiyani belgilab olishgan.
"Sanksiyalar samarali va stolda qolishi kerak. Moskvaning yetakchilar formatida ishtirok etishdan bosh tortishiga javoban aniq qarorlar qabul qilinishi kerak.
Evropaning umumiy pozisiyasi Vashingtonda aniq eshitilishi uchun biz yelkama-elka ishlagan holda doimiy muvofiqlashtirishni davom ettirishimiz nihoyatda muhim”, - deya xulosa qildi Ukraina prezidenti.
