Turkiya Respublikasining Birinchi xonimi Emine Erdog‘an Falastin bolalari shodlikka, erkinlikka va munosib kelajakka loyiq ekanligini ta’kidladi.
«Agar siz Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga G‘azodagi gumanitar inqirozga barham berish bo‘yicha qat’iy chaqiruvingiz bilan maktub yuborsangiz, bu juda muhim bo‘lar edi. Bugungi kunda dunyo umumiy uyg‘onishni boshdan kechirayotgan bir paytda, Falastinni tan olish umumiy irodaga aylangan bir vaqtda, men ishonamanki, G‘azo nomidan bildiriladigan chaqiruv ham falastin xalqi oldidagi tarixiy mas’uliyatning ijrosi bo‘ladi, — dedi u. — Biz buzilgan tartibga qarshi kurashda ovozlarimizni va kuchlarimizni birlashtirishimiz kerak».
Falastinda sodir bo‘layotgan voqealarni genosiddan ham og‘ir deb baholagan Emine Erdog‘an bu holatni tanlab olinganlar manfaati va qulayligi yo‘lida hamma narsa qadrsizlanadigan, o‘zboshimcha xalqaro tizimni majburan qabul qildirish deb atadi. U bu og‘riqli holatga qarshi, bolalar hayoti dunyoda ayrim joylarda boshqalarnikiga qaraganda kamroq qadrlanadigan bu buzuq tizimga qarshi ovoz va kuchni birlashtirishga chaqirdi.
Emine Erdog‘an xalqaro huquq normalari va umuminsoniy qadriyatlarni himoya qilish, umumiy tamoyillar atrofida birlashish zarurligini ta’kidladi va shunday dedi:
«Faqat shundagina biz “keyingi avlodlarning umidlarini qo‘llab-quvvatlash”imiz mumkin bo‘ladi. Bugungi vahshiyliklar oldida kun sayin ko‘proq umidsizlikka tushayotgan bolalarga shodlikni qaytarish haqida gapirish, dunyo bo‘ylab barqaror va mustahkam tinchlikni ehtimol sifatida ko‘rish mumkin bo‘ladi. Men sizning maktubingizda ifodalangan tuyg‘ularni ona, ayol va inson sifatida chuqur his qilaman va G‘azo bolalari uchun — tinchlik va osoyishtalikni orzu qilayotgan bolalar uchun — umidni saqlab qolishingizni tilayman. Biz yo‘qotgan 18 885 nafar g‘azolik chaqaloq va bola, 335 marta o‘qqa tutilib o‘ldirilgan 6 yoshli Hind Rejep, bobosi yuzidan o‘pib xayrlashgan 3 yoshli Rim uchun endi juda kech bo‘ldi. Lekin tirik qolgan 1 milliondan ortiq G‘azo bolasi uchun bizda hali ham umid bor. Vaqti allaqachon kelgan edi».
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.