Turizm sohasidagi o‘quv markazlariga grantlar ajratiladi

Turizm sohasidagi o‘quv markazlariga grantlar ajratiladi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi turizm sohasidagi nodavlat ta’lim va nodavlat notijorat tashkilotlariga grantlar taqdim etadi. Bu mablag‘lar mehmonxona xodimlari malakasini oshirish kurslarini tashkil etish va boshqa joylashtirish vositalari uchun ajratiladi.

O‘quv markazi yoki boshqa tashkilot grantni olish uchun vazirlikka turizm sohasida o‘qitishga ruxsatnoma nusxasi, malaka oshirish kursining pasporti va taqvim rejasi, o‘qituvchilar haqidagi ma’lumot, shuningdek, xarajatlar smetasi ilova qilingan rasmiy ariza berishi kerak. Hujjatlar to‘plami faqat qog‘oz shaklida qabul qilinadi. Uni vazirlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki pochta orqali 1 iyundan 20 iyungacha topshirish mumkin. Vazirlik arizani hujjatlarni qabul qilish yakunlanganidan so‘ng 10 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!