Trampning kenja qizi milliarderga turmushga chiqmoqda (FOTO)

Trampning kenja qizi milliarderga turmushga chiqmoqda (FOTO)

AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning kenja qizi Tiffani unashtirish sharafiga qimmatbaho uzuk oldi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Nigeriyalik 23 yoshli milliarder Maykl Bulos 27 yoshli Trampning qo‘lini suradi. Qiz o‘zining instagramdagi sahifasida bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan suratini joyladi.

Trampning kenja qizi milliarderga turmushga chiqmoqda (FOTO)

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirkor Trampning qiziga Nyu-yorklik zargar va olmos yetkazib beruvchisi Samer Halime uzugini sovg‘a qilgan. Uzuk katta 13 karatli zumrad va yon tomonlarida ikkita olmos bilan bezatilgan.

Gazetaning yozishicha, ushbu uzuk mutaxassislar tomonidan 1,2 million dollarga baholanmoqda. Biroq, uning haqiqiy qiymati oshkor qilinmadi.  a’kidlanishicha, Bulos uzukni sotib olish uchun Dubayga borgan.

Ma’lumki, Halime Opra Uinfri, Elton Jon va Naomi Kempbell kabi ko‘plab dunyo yulduzlari bilan hamkorlik qilgan. Trampning kenja qizi ham uning mahsulotlariga muxlislik qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!