AQSh prezidenti Donald Trampni tanqid qilgan fransuz olimi konferensiya uchun AQShga kelganida mamlakatdan chiqarib yuborildi. Bu haqda Le Monde xabar berdi.
Olim mart oyida Qo‘shma Shtatlardagi konferensiyada qatnashish uchun yo‘l olgan. AQShga yetib kelganida aeroportda tekshiruvdan o‘tkazilgan. Uning ish kompyuteri va shaxsiy telefoni ko‘zdan kechirilgach, mamlakatga kirishga ruxsat berilmagan.
Fransiya Milliy ilmiy tadqiqot markazi topshirig‘i bilan Hyuston yaqinidagi konferensiyaga ketayotgan fransuz tadqiqotchisining AQShga kirishiga ruxsat berilmagani va u mamlakatdan chiqarib yuborilganini eshitib, xavotirga tushdim, dedi Fransiya oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vaziri Filipp Batist.
Vazirga ko‘ra, tegishli chora Amerika hukumati tomonidan qabul qilingan. Chunki tadqiqotchining hamkasblari va do‘stlari bilan yozishmalarda Tramp ma’muriyatining tadqiqot siyosati haqida shaxsiy fikr bildirilgan.
Fikr erkinligi, erkin tadqiqot va akademik erkinlik — biz doimo faxr bilan himoya qiladigan qadriyatlar. Men barcha fransuz tadqiqotchilarining qonunga rioya etgan holda bu qadriyatlarga amal qilish huquqini himoya qilishni o‘z zimmamga olaman, deya va’da bermoqda vazir Batist.
Diplomatik manbaning Fransiya axborot agentligiga ma’lum qilishicha, voqea 9 mart kuni sodir bo‘lgan. AQSh rasmiylari fransuz tadqiqotchisini “nafrat va fitna aks etgan xabarlar tarqatish”da ayblagan. Olim Federal qidiruv byurosi tekshiruvi haqida xabardor qilingan, biroq AQShga ketishidan oldin unga “ayblovlar bekor qilingani” aytilgan.
Fransiya tadqiqotlar vaziri Tramp ma’muriyati va Ilon Maskni ilmiy tadqiqotlar byudjetini sezilarli darajada qisqartirgani uchun ochiqchasiga tanqid qilgan. Tadqiqotchining AQShga kirishi rad etilgan kuniyoq Batist amerikalik tadqiqotchilarni Fransiyaga ko‘chib o‘tishga chaqirgan maktubini e’lon qilgan.
Ko‘plab taniqli tadqiqotchilar allaqachon Qo‘shma Shtatlardagi kelajagi haqida o‘ylamoqda. Tabiiyki, biz ularning ma’lum bir qismini qutlamoqchimiz, degan u.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.