Tramp yangi siyosiy partiya tuzishni rejalashtirmamoqda

Tramp yangi siyosiy partiya tuzishni rejalashtirmamoqda

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp yangi siyosiy partiya tuzishni rejalashtirmayapti. Bu haqda sobiq prezident saylovoldi shtabining maslahatchisi Jeyson Millerning so‘zlariga tayanib «RBK» xabar berdi.

Millerning so‘zlariga ko‘ra, sobiq prezidentning maqsadi 2022 yilda Senat va Vakillar palatasini respublikachilarga qaytarishdan iborat. U Tramp bundan boshqa hech qanday harakatni rejalashtirmayapti, deya ta’kidladi.

Avvalroq The Wall Street nashri Tramp tarafdorlari bilan yangi siyosiy partiya tuzish imkoniyatini muhokama qilgani haqida xabar bergandi. Tramp o‘z birlashmasini Vatanparvarlik partiyasi deb atashni xohlagan. Nashrning ta’kidlashicha, prezident sifatidagi so‘nggi kunlarida Tramp partiya a’zolari bilan, xususan, senatdagi respublikachilar yetakchisi Mitch Makkonnell bilan kelishmovchiliklarga borgan.

Shu bilan birga, jurnalistlar Trampning vaqt va mablag‘ talab qiladigan yangi partiyani yaratishga qat’iy qaror qilgani hali noma’lumligini ta’kidlagandi.  Xabarga ko‘ra, sobiq prezidentning ko‘plab tarafdorlari mavjud va ularning bir qismi Tramp 2016 yilda hokimiyatga kelmaguniga qadar Respublikachilar partiyasining siyosatiga qiziqmagan.

Avvalroq AQShda Tramp qarorgohi yaqinidagi aeroportga uning nomini berish taklifi rad etilgani, AQSh Senatida Trampning impichmenti jarayoni 8 fevral kuni boshlanishi haqida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!