Tramp tarixda birinchi marta hukumat kiritgan sanksiyalarni bekor qildi

Tramp tarixda birinchi marta hukumat kiritgan sanksiyalarni bekor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp 21 mart kuni AQSh moliya vazirligining Shimoliy Koreyaga qarshi kiritgan yangi sanksiyalarini bekor qildi. Bugun AQSh moliya vazirligi katta ko‘lamli sanksiyalar Shimoliy Koreyaga qarshi kiritilgan mavjud sanksiyalarga qo‘shilishini e’lon qilgan. Men shu bugunoq ushbu yangi sanksiyalarni ortga qaytarishni topshirdim , deb ma’lum qilgan Tramp tvitterda.

  • 21 mart kuni AQSh Shimoliy Koreyaga yordam bergan Xitoyning ikkita kemachilik kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritgandi.

Trampning matbuot kotibi Sara Sanders AQSh prezidentining kutilmagan qaroriga izoh berib, Trampga rais Kim [Kim Chen In] yoqishi va u bu sanksiyalarni zarur deb hisoblamasligini aytgan.

Shunisi aniqki, tarixda birinchi marta AQSh prezidenti uning ma’muriyati kiritgan sanksiyalarni bir tomonlama bekor qildi , deb yozgan tvitterda sanksiyalar bo‘yicha mutaxassis Dug Jeykobson.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!