Tramp Meksika bilan chegaradagi devorga dastxat qo‘ydi

Tramp Meksika bilan chegaradagi devorga dastxat qo‘ydi

AQSh prezidenti Donald Tramp Kaliforniya shtatidagi Meksika bilan chegara hududi devoriga o‘z dastxatini qo‘ydi. Ushbu jarayon videosi prezidentning “Twitter”dagi rasmiy akkauntiga yuklangan, deb yozmoqda «RBC» nashri.

«Ushbu devor taftida bemalol tuxum qovurish mumkin», — deydi Tramp, to‘siqqa tirmashib chiqishni istagan odamlarni kuydiradigan issiqlikka ega devorga ta’rif berar ekan. Uning qo‘shimcha qilishicha, devor tarkibi temir armatura hamda betondan iborat va uni osonlikcha buzib bo‘lmaydi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, hukumat devorni sinash maqsadida unga tirmashish uchun 20 ta tajribali aplinistni yuborgan va ularning hech biri bu ishning uddasidan chiqa olmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, Meksika chegarasida devor barpo etish Donald Tramp prezidentlik saylovlari vaqtida bergan eng asosiy va’dalaridan biri bo‘lib, uni qurishni moliyalashtirish bo‘yicha bahslar sabab qurilishning to‘xtatilishi AQSh tarixida eng uzoq, ya’ni 35 kun davom etgan tanaffus bo‘ldi. Shundan so‘ng Tramp favqulodda holat e’lon qildi va boshqa loyihalarga ajratilgan 6 milliard AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni qurilishga ajratdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!