Tramp Janubiy Karolina shtatida Respublikachilar partiyasining praymerizda g‘alaba qozondi

Tramp Janubiy Karolina shtatida Respublikachilar partiyasining praymerizda g‘alaba qozondi

Tramp Janubiy Karolina shtatida Respublikachilar partiyasining praymerizda g‘alaba qozondi

Donald Tramp taxminan 60% ovoz oldi, uning ichki partiyaviy raqibi, AQShning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Heyli esa 40% atrofida ovoz oldi. Deyarli barcha ovozlar allaqachon sanab bo‘lingan.

Janubiy Karolina Heylining tug‘ilgan shtat bo‘lib, Heyli mazkur shtatga gubernatorlik ham qilgan.

"Heyli kurashni davom ettirishga va’da berdi. Biroq sobiq prezidentning Janubiy Karolinadagi muvaffaqiyati Trampning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida Respublikachilar partiyasidan nomzodlik uchun kurash deyarli yakunlangani haqidagi so‘zlariga asos bo‘ladi", deb yozadi The New York Times.

Tramp avvalroq Ayova, Nyu-Hempshir va Nevada shtatlarida o‘tkazilgan praymerizlarda g‘alaba qozongan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!