Tramp Bayrutdagi dahshatli portlash sababini aytdi

Tramp Bayrutdagi dahshatli portlash sababini aytdi

AQSh Prezidenti Donald Trampning aytishicha, amerikalik generallar Bayrutdagi portlashning sababi "qandaydir bomba" bo‘lgan, deb hisoblashmoqda.

Jurnalistlar bilan suhbatda Tramp portlashni "dahshatli hujum" deb atadi. Keyinchalik, jurnalistlar undan haqiqatan ham portlash hujum natijasida sodir bo‘lganmi yoki yo‘qligini so‘radilar. Tramp, o‘z navbatida, "portlashning tabiati" bomba haqida "gapirishi"ni va u "ba’zi buyuk generallar bilan uchrashgani va ular ham xuddi shunday o‘ylayotganini" qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, eng kuchli portlash seshanba kuni kechqurun Bayrut portida sodir bo‘lgan. Hozirgi vaqtda 70 dan ortiq qurbon va 3,7 mingdan ortiq tan jarohatlari olganlar ma’lum, shahar binolarining yarmi shikastlangan. Livan Bosh vaziri Xassan Diabning aytishicha, portda 2,750 tonna ammiakli selitra tegishli xavfsizlik choralarisiz saqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!