Tramp atrofiga kimlarni to‘plamoqda?
AQShning 47-prezidenti Donald Tramp kabinetidagi asosiy o‘rinlarni isroilparast va islomofoblar egallamoqda.
▪️ Marko Rubio – davlat kotibi (tashqi ishlar vaziri)
U Eron va Xitoyga nisbatan ashaddiy pozisiyasi va Isroilni kuchli qo‘llab-quvvatlashi bilan mashhur. Isroilning AIPAC lobbi tashkiloti tomonidan moliyalashtiriladi.
Rubio Isroilning Rafahdagi quruqlikdagi operasiyasini Ittifoqchilarning Xolokost paytida Adolf Gitlerni ta’qib qilishiga qiyoslagan.
▪️ Mayk Vals - milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi
U Isroilning G‘azodagi urushini qattiq qo‘llab-quvvatlaydi, YPG/PKK terror tashkilotini "Yaqin Sharqdagi Isroildan keyin eng yaxshi ittifoqchi" deb biladi va AQSh qo‘shinlarining Suriyadan olib chiqilishiga qarshi. Isroilning AIPAC lobbisi tomonidan moliyalashtiriladi.
Shuningdek, u 2003 yilgi Iroq urushini Isroil nomidan boshlashga yordam bergan taniqli neokonservatorlar bilan hamkorlik qilgan.
▪️ Pit Xegset - mudofaa vaziri
U “Sionizm va amerikaizmni G‘arb sivilizasiyasi va erkinligining peshqadami” deb hisoblaydi. 2018 yilda u Al-Aqso majmuasi hududidagi "Sulaymon ibodatxonasi qayta tiklanadi" degan e’tiqoddda ekanini bildirgan.
▪️ Mayk Xakabi – Isroildagi elchi
Xakkabi – yevangelist. U Falastin davlatini rad etadi, Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini bir necha bor e’lon qilgan, tez-tez Isroilga borib turadi va "G‘arbiy Sohil Isroilning ajralmas qismi ekanligiga qat’iy ishonadi.
Xakkabi o‘zining yangi rolini e’lon qilgach, Trampning ikkinchi muddatida Isroilga bosib olingan G‘arbiy Sohilni anneksiya qilish uchun yashil chiroq yoqilishi mumkinligini aytdi.
▪️ Eliza Stefanik – BMTdagi elchisi
U BMTni "antisemitizm chirigan muassasa" deb biladi va AQSh Isroilga so‘zsiz qurol jo‘natishini yoqlaydi. Isroilning AIPAC lobbisi tomonidan moliyalashtiriladi.
U, shuningdek, Isroilning G‘azoni blokadasi fonida falastinliklarga insonparvarlik yordamining asosiy yetkazib beruvchisi bo‘lgan YUNRVAni qo‘llab-quvvatlashga qarshi chiqqan.
▪️ Kristi Noem - ichki xavfsizlik vaziri
Janubiy Dakota gubernatori bo‘lib ishlagani vaqtida Isroilni tanqid qilishni jinoyat deb hisoblaydigan "Xudoning tanlangan xalqini himoya qilish" to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilgan.
▪️ Tulsi Gabbard - Milliy razvedka direktori
2019 yilda Turkiya Suriyada transchegaraviy operasiya boshlaganidan so‘ng Erdo‘g‘onni ISHID qo‘poruvchilik tashkilotini qo‘llab-quvvatlashda va xalifa bo‘lishga urinishda ayblagan.
Shuningdek, u Turkiya 100 yil avval armanlar genosidini sodir etganini da’vo qiladi.
▪️ Stiven Vitkoff – Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus elchi
Times of Israel uni "Trampning golf bo‘yicha doimiy sherigi" sifatida ta’riflaydi, u prezidentlik kampaniyasi paytida yahudiy biznes hamjamiyatiga aloqadorligi bilan tanilgan.
▪️ Jon Ratkliff - Markaziy razvedka boshqarmasi direktori
Prezidentlik kampaniyasi davomida vise-prezident Kamala Xarrisni Isroilni G‘azodagi begunoh falastinliklarga hujum qilayotgandek ko‘rsatuvchi "yolg‘on rivoyat"ni targ‘ib qilgani uchun tanqid qildi.
U, shuningdek, prezident Jo Baydenning Isroilga qurol sotishni to‘xtatish haqidagi quruq tahdidini tanqid qilib, bu asosiy ittifoqchini xavf ostiga qo‘yishini aytdi.