Bosqinchilar Livan shahar va qishloqlariga hujumlarini kuchaytirdi
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 407 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Bayt Lahiya, Shujayya hududi, Jabaliya va Nuseyrat lagerlariga hujum qildi. Isroil qo‘shini tomonidan G‘azo sektorining turli joylarida oxirgi 24 soat ichida uyushtirilgan 3 qirg‘inda 35 kishining hayotdan ko‘z yumgani, 111 kishining tan jarohati olgani bildirildi.
▪️2023 yil 7 oktyabrdan buyon Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lganlar soni 43 ming 799 nafarga, yaradorlar soni esa 103 ming 601 nafarga ko‘tarilgan.
▪️Al-Qassam brigadalari Nitsarim o‘qi va Bayt-Laxiyada 4 bosqinchini yo‘q qildi.
▪️G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Nablus, Tulkarm va Jeninga bostirib kiridi. Jenin shahrida qarshilik jangarilari isroillik askarlarga qarata granata va pulemyotlardan o‘q uzdi.
▪️"Hizbulloh" Ramim bazasi shtab-kvartirasi va kazarmalariga zarba berdi, Talusa shahridagi askarlar guruhiga 7 raketa uchirdi. Safad, Hayfa va Tel-Avivda sirenalar yangradi.
▪️Iroq qarshilik kuchlari Eylatga uch marta zarba berdi.
▪️Bosqinchilar Livan shahar va qishloqlariga hujumlarini kuchaytirdi. Oxirgi 24 soat ichida 59 kishi halok bo‘ldi, 182 kishi yaralandi. Isroil tajovuzi boshlanganidan buyon 3445 kishi halok bo‘ldi.
▪️Xalqaro jurnalistlar federasiyasi: Vashington G‘azo jurnalistlarini ta’qib qilishni to‘xtatish uchun hech qanday harakat qilmadi.
▪️Evropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Isroil bilan siyosiy muloqotni to‘xtatish hamda G‘azo va Livanga qilingan hujumlar tufayli savdo cheklovlarini joriy etishni muhokama qiladi.
▪️BMT: G‘azoga yordam yetkazish har qachongidan ham qiyinlashdi. Anklavning shimoliy qismi dunyodan butunlay uzilgan. Azob, umidsizlik va o‘lim Falastin hududini qamrab oldi.