AQSh prezidenti Donald Tramp 2026 yil aprel oyida Xitoyga tashrif buyurish rejasini tasdiqladi, deb xabar beradi TASS.
«Men Xitoy raisi Si Szinpin bilan juda yaxshi chiqishaman. Aprel oyida Xitoyga boraman», — dedi Amerika yetakchisi.
U buni G‘arbning yirik neft kompaniyalari rahbarlari bilan Venesuela atrofidagi vaziyatni muhokama qilgan uchrashuvida aytdi.
Tramp oktyabr oyida Si Szinpin bilan telefon orqali suhbatlashgandan so‘ng, bo‘lajak tashrifi haqida ma’lum qildi va Xitoy yetakchisining 2026 yil aprel oyida taklifini qabul qilganini ta’kidladi.
AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bundan keyin Xitoy yetakchisining Amerikaga davlat tashrifi rejalashtirilgan.
AQSh moliya vaziri Skott Bessant ilgari Donald Tramp va Si Szinpin 2026 yilda to‘rt marta uchrashishi mumkinligini bashorat qilgan. U ikkita davlat tashrifidan tashqari, Florida shtatining Doral shahrida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida, shuningdek, Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi forumi doirasida muzokaralar o‘tkazilishi mumkinligini ta’kidladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.