Toyota Rossiyadagi zavodini yopishga qaror qildi

Toyota Rossiyadagi zavodini yopishga qaror qildi

Toyota Rossiyada avtomobillari ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Kompaniya Sankt-Peterburgdagi Shushari qishlog‘ida, mamlakatda 15 yil ishlagan zavodni yopishga qaror qildi. Bu haqda "Kommersant" manbasi xabar bermoqda.

Korxona saqlanib qoladi va keyinchalik sotilishi mumkin. Endi u yerda Toyota markali avtomobillar ishlab chiqarilmaydi. Kompaniya nashrga ofis va zavod xodimlariga yuqori kompensasiya taklif qilinishini aytdi. Shu bilan birga, kompaniya Rossiyani tark etmaydi.

Zavod yopilishining sababi tarkibiy qismlarni yetkazib berishni qayta tiklashning iloji yo‘qligi edi. Manbalarning ta’kidlashicha, Toyota va Lexus avtomobil egalari uchun hech narsa o‘zgarmaydi, kompaniya avtomobillarga xizmat ko‘rsatishni davom ettiradi. Qaror, shuningdek, dilerlik tarmog‘ining ishlashiga ta’sir qilmaydi.

Zavod Camry va RAV4 modellarini ishlab chiqar edi. Korxonada har yili 100 mingta avtomobil ishlab chiqarilar edi. Rossiya zavodidan mashinalar Qozog‘iston, Belorusiya va Armanistonga ham yetkazib berilgan.

Hozirgi sharoitda, yangi avtomobillar uchun xorijiy butlovchi qismlarni yetkazib berish cheklangan bo‘lsa, yangi mashinani tanlashda ruslar Lada brendini afzal ko‘rishni boshladilar. Iste’molchilar bunday avtomobilning arzonligi, shuningdek arzon texnik xizmat ko‘rsatishning afzalligi sababli ularni ma’qul ko‘rishganini aytmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!