Toshkentlik yigit Shavkat Mirziyoyevga: "Bitta quchoqlasam maylimi?" (VIDEO)

Toshkentlik yigit Shavkat Mirziyoyevga: "Bitta quchoqlasam maylimi?" (VIDEO)

Kecha, 14 may kuni, prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi Tepaqo‘rg‘on mahallasi hayoti bilan tanishdi.

Kun.uzning xabar berishicha, Uchtepa tumanining 11-mavzesida yashovchi yigit davlat rahbari bilan uchrashuvda kutilmagan iltimos bilan chiqqan.

«Yigit prezidentdan quchoqlashib ko‘rishishni iltimos qildi. Shavkat Mirziyoyev uning iltimosini yerda qoldirmadi. Yigit esa hayajondan yig‘lab yubordi», deyiladi Kun.uz muxbiri xabarida.

Mahalla ahli bilan suhbatda nuroniylar Ramazon oyi ro‘zasini shukronalik bilan tutganini, yurtimizga tinchlik-farovonlik so‘rab duolar qilganini aytishdi.

«Mana shu shukronalikni, insof sari baraka ekanini xalqimizga, yoshlarimizga yetkazish kerak. O‘z mahallangizda ko‘rib turibsizlar. Mana, intilsa, qilsa bo‘lar ekan-ku. Bunday o‘zgarishlarning eng katta zamini - yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik. Buning qadriga yetib, har bir mahallani mana shunday chiroyli, tartibli qilishimiz zarur. Balandparvoz gapsiz, mehnatimiz bilan xalqimizni rozi qilishimiz kerak», dedi Shavkat Mirziyoyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!