Yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda “Toshkent – Omsk”, “Toshkent – Perm”, “Toshkent – Ufa” yo‘nalishida avtobus qatnovlari qayta tiklanadi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Shuningdek, vazirlik “Toshkent – Krasnodar” — yangi muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishi hujjatlarini tayyorlab, kelishish uchun Rossiya Transport vazirligiga yuborgan.
Bugundan poytaxt avtovokzali orqali “Toshkent–Sankt-Peterburg” yo‘nalishida qatnovlar boshlangan. Avtobus haftada 2 marta — chorshanba va shanba kunlari qatnaydi. Chipta narxi — 1 mln 250 ming so‘m.
Eslatib o‘tamiz, 18 iyuldan O‘zbekiston va Rossiya shaharlari o‘rtasida avtobus qatnovi qayta tiklandi. Qatnov koronavirus pandemiyasi sabab 2020 yil martida vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan edi. Endi Toshkentdan Moskva, Qozon, Peterburgga avtobusda borish mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Олимлар бундан радиация нафақат тирик мавжудотларни йўқ қилиши, балким уларнинг организмида кутилмаган эволюция жараёнларни қўзғатиши ҳам мумкин, деган хулосага келишмоқда.
Исроилнинг вахшиёна тажовузи яна қанча давом этади? Янги туғилган чақалоқларнинг тахминан 20 фоизи муддатидан олдин, кам вазнли ёки асоратлар билан туғилмоқда ва топиш қийин бўлган юқори даражадаги парваришга муҳтож бўлмоқда.
Ҳодиса оқибатида енгил машина ҳайдовчиси ва олд ўриндиғидаги йўловчи — ҳайдовчининг синфдоши бўлган бола оғир тан жароҳати олиб, шифохонага ётқизилган.