Toshkentdan Istanbulga uchadigan samolyotda texnik nosozlik aniqlandi

Toshkentdan Istanbulga uchadigan samolyotda texnik nosozlik aniqlandi

Turk Havo Yo‘llarining THY-371 reysi bo‘yicha Toshkent-Istanbul reysi texnik sabablarga ko‘ra bir necha soatga kechiktirildi. Ammo vaqt o‘tgach aviatashuvchi reysni bekor qilishga qaror qildi.

Jadvalga ko‘ra, bortida 265 nafar yo‘lovchi bo‘lgan A-333 samolyoti Toshkent vaqti bilan 02:35 da havoga ko‘tarilishi kerak edi. Biroq samolyotda texnik nosozlik aniqlangani sababli parvoz kechiktirildi, yo‘lovchilar kutish zaliga joylashtirildi va issiq ovqat bilan ta’minlandi.

Erta tongdan aviakompaniya ushbu reysni bekor qilishga va yo‘lovchilarni boshqa reyslarda Istanbulga tashishga qaror qildi. Yo‘lovchilarga issiq ovqat va mehmonxonada joylashish ham taklif qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!