Toshkentdagi tungi klub qo‘riqchilari mijozni urib o‘ldirganlikda ayblanmoqda

Toshkentdagi tungi klub qo‘riqchilari mijozni urib o‘ldirganlikda ayblanmoqda

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi “Aurum898” tungi klubiga pichoq bilan kirishga uringan “mehmon”, qo‘riqchilar tomonidan kaltaklangani aytilmoqda.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining xabar berishicha, 8 avgustdan 9 avgustga o‘tar kechasi, soat taxminan 00:25 da “Aurum898” tungi klubi qo‘riqchilari hamda klubga pichoqda kirmoqchi bo‘lgan 25 yoshli “mehmon” o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan.

Buning natijasida “mehmon” qo‘riqchilardan birining tanasi qismiga zarba bergan. Shundan so‘ng, voqea keskin rivoj olib, kelishmovchilik o‘zaro janjalga aylanib ketgan.

Buning natijasida esa bir qator tan jarohatlari olib shifoxonaga yetkazilgan tungi klub “mehmon” vafot etgan.

O‘limga olib keluvchi holat sababchilari sifatida “Aurum898” tunggi klubining 3 nafar qo‘riqchilari qo‘lga olingan. Ikki nafar qo‘riqchi esa pichoq bilan olgan jarohatlari tufayli shifoxonaga yotqizilgan.

Voqea yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!