Toshkentdagi qurilish ko‘rgazmasida Rossiyaning 100 dan ortiq kompaniyasi ishtirok etmoqda

Toshkentdagi qurilish ko‘rgazmasida Rossiyaning 100 dan ortiq kompaniyasi ishtirok etmoqda

Toshkentda yillik “Qurilish – UzBuild 2024” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda, bu yil unda Rossiyaning 16 hududidan 110 ta kompaniya ishtirok etmoqda.

Asosiy ishtirokchilar orasida Rossiyadan tashqari Xitoy, Turkiya va Qozog‘iston ham bor. Umuman olganda, ko‘rgazmada 19 mamlakatdan 450 ta kompaniya va brendlar qurilish sanoatini namoyish etmoqda. Ko‘rgazma qurilishdagi texnologik jarayonning to‘liq siklini - loyihalashdan to yakuniy pardozlashgacha bo‘lgan davrni birlashtiradi.

Tashkilotchilarning fikricha, bu ishlab chiqaruvchilarga sohadagi so‘nggi yutuqlar va tendensiyalarni aniq namoyish etish imkonini beradi. Asosiy e’tibor qurilishdagi innovasiyalar va "aqlli uy" uchun qurilish materiallari, "yashil texnologiyalar", shuningdek, yangi avlodning energiya tejamkor materiallarini ishlab chiqarishga qaratilgan.

Qurilish sohasidagi so‘nggi ishlanmalar Rossiya mintaqalarining jamoaviy stendlarida va Belarus, Germaniya, Xitoy, BAA va Turkiya milliy pavilonlarida namoyish etilmoqda.

Ishtirokchi mamlakatlarning yetakchi kompaniyalari yangi avlod qurilish texnikasi, yig‘ma binolar uchun metall tizimlar, kompozit panellar, yoritish tizimlari, liftlar, panel materiallari va yog‘och, pol qoplamalari, kabel va simli mahsulotlarni namoyish etmoqda. Rossiya kompaniyalari qurilish texnikasi va qurilish sanoati texnologiyalarining barcha turlarini namoyish etadi.

O‘zbekistondan ishtirokchilar – qurilish va pardozlash materiallari, deraza, eshik, fasad, sement, beton va tosh buyumlar, qurilish aralashmalari, metallurgiya mahsulotlari, izolyasion materiallar, kabel va sim mahsulotlari. Deyarli har bir stendda yangi mahsulotlar taqdimoti, mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Ochiq maydondagi “Qurilish texnikasi va texnologiyalari” maxsus bo‘limida Janubiy Koreya va Xitoy kompaniyalari qurilish texnikasi, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari ishlab chiqarish uskunalari, yo‘l qurilishi texnologiyalari, beton aralashtirish uskunalari va boshqa ko‘plab mahsulotlarni namoyish etmoqda.

Ko‘rgazmaning biznes dasturi doirasida Qurilish sanoati xalqaro konferensiyasi – ICCI 2024 bo‘lib o‘tadi. Unda yetakchi qurilish kompaniyalari vakillari, mutaxassislar, xalqaro ekspertlar bitta biznes maydonchada to‘planadi. Yalpi va panel majlislarida “Yangi Toshkent” qurilishi, ko‘chmas mulk bozorining rivojlanishi va tendensiyalari, qurilishni raqamlashtirish va transformasiya qilish, qurilish materiallari sanoati masalalari muhokama qilinadi.

Ko‘rgazma 1 martgacha davom etadi. Unga Markaziy Osiyo davlatlari va undan tashqarida 15 mingdan ortiq soha vakillari tashrif buyurishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili “UzBuild-2023” ko‘rgazmasida 22 davlatdan 350 ta kompaniya ishtirok etgan etgan. Ulardan 70 nafari Rossiya vakili edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!