Toshkentdagi 24 ta mahallada elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Toshkentdagi 24 ta mahallada elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Bugun, 23 aprel kuni Yunusobod tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi quvvati 110/35/10 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli «Yunusobod» nimstansiyasidagi mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmasi shikastlanishi natijasida favqulodda avariya holatida elektr ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelgan.

Yuzaga kelgan nosozlikni tezkor bartaraf etish hamda mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmasini ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida «Yunusobod» nimstansiyasi o‘chirildi.

Natijada:

Yunusobod tumanining: «Adolat», «Billur», «Qoshchinor», «Mingchinor», «Nurmakon», «Sobirobod», «Uchqahramon», «Hasanboy», «Katta Hasanboy», «Hamkorobod», «Sharq haqiqati», «Tiklanish», «Islomobod», «O‘zbekiston mustaqilligi», «Yangi bog», «Yunus ota», «Sevinch», «Ahmad Donish», «Qadrdon», «Shoshtepa», «Yurtobod», «Uvaysiy», «Kulol» hamda «Yolayriq» MFY hududidagi aholi yashash xonadonlarida avariya holatida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayni vaqtda, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Yunusobod TETning tezkor chiqish brigadalari tomonidan mazkur holat nazoratga olinib, nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!