Toshkentda yuzlab qorbobo kiyimida bo‘lgan fuqarolar paydo bo‘ldi

Toshkentda yuzlab qorbobo kiyimida bo‘lgan fuqarolar paydo bo‘ldi

Toshkent shahridagi 505 ta mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan tayyorlangan Qorbobo kiyimlari 16 dekabr kuni mahalladagi posbonlar va ko‘ngillilarga tarqatilgan. Bu haqda Toshkent shahar “Mahalla” xayriya jamoat fondi bosh mutaxassisi Alisher Yormatov «Turon24» ga xabar bergan.

Xabar qilinishicha, “Mahallada Yangi yil” deb nomlangan ushbu loyiha doirasida mahallalarda yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlanganlar, yuz yoshdan oshgan hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uylarida bayram tashkillashtiriladi.

Shuningdek,  joriy yilning 20-31 dekabr kunlari Toshkent shahri mahallalarida istiqomat qiluvchi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga har bir mahalladagi mahalla markaziy binosi, ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar oldida va bolalar maydonchalarida bayram tadbirlari tashkil etilishi rejalanmoqda.

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!