Toshkentda yo‘lovchi kaltaklandi. U hozir kasalxonada

Toshkentda yo‘lovchi kaltaklandi. U hozir kasalxonada

Toshkent viloyati. 2020 yilning 21 noyabr kuni soat 21:00 da fuqaro 37 yoshli Janibek K., spirtli ichimlik ta’sirida o‘ziga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinasida tergovga qadar tekshiruv jarayonida shaxsini aniqlashni imkoni bo‘lmagan “Ilhom” ismli noma’lum shaxs bilan Zangiota tumani hududida ketayotgan vaqtida, shu yerda yo‘l chekkasida avtomashina to‘xtatib turgan 55 yoshli Baxtiyor E., ni oldiga kelib to‘xtab, ushbu fuqaroni manziliga yetkazib qo‘yishni aytganligi sababli, Baxtiyor E., bilan mazkur avtomashinaga o‘tirib yo‘lda harakatlanib “To‘qimachi” mahallasiga yetib kelishgan vaqtda, Baxtiyor E., bilan “Ilhom” ismli noma’lum shaxs o‘zaro tortishib, bu tortishuvga Janibek K., ham qo‘shilib, fuqaro Baxtiyor E.,ni avtomashinadan tushirib, tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazib, uning yonida bo‘lgan 1 mln. so‘m va 100 AQSh dollari naqd pullari, 1 dona Baxtiyor E., nomiga berilgan jurnallarning birida muxbir lavozimida ishlab kelishi to‘g‘risida guvohnomasi, 1 dona “Asakabank” plastik kartasi, 1 dona O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kartochkasi, 1 dona quvvatlagichni olib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Natijada, Baxtiyor E., turli tan jarohatlari bilan Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga stasionar davolanishga yotqizilgan. 

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida Janibek K., ushlanib, undan 1 dona B.Esanovni nomiga berilgan guvohnoma, 1 dona “Asakabank” plastik kartasi, 1 dona O‘zbekiston Milliy kutubxona kartochkasi va 1 dona quvvatlagichlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “a” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Janibek K., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha “Ilhom” ismli shaxsni shaxsini aniqlash maqsadida tegishli tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!