Toshkentda Yandex.Mahalla xizmati ishga tushirildi

Toshkentda Yandex.Mahalla xizmati ishga tushirildi

Toshkentda Yandex.Mahalla xizmati ishlashni boshladi. Bu yerda insonlar qo‘shnilar bilan o‘z tumani yangiliklarini muhokama qiladi, e’lonlarni joylashtiradi, yaqin-atrofdagi qiziqarli hodisalar haqida bilib oladi. Bungacha xizmat faqat Rossiyada Yandex.Tuman (Yandeks.Rayon) nomi bilan faoliyat ko‘rsatayotgan edi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Toshkent shahridagi 11 ta tumanning har birida foydalanuvchilar mahalliy yangiliklarni o‘qishi mumkin bo‘lgan hamjamiyatlar mavjud: masalan, ko‘chaning narigi yuzida do‘kon ochilishi, sport to‘garagiga tanlov yoki chiroq o‘rnatilishi haqida.

Hamjamiyatlarda insonlar bir-birlari bilan maslahatlashadi va e’lonlar joylashtiradi — narsalar sotadi, ish qidiradi, uy hayvonlarini boshqalarga beradi. Repetitor, ishchi yoki enagalar qo‘shnilarga o‘z xizmatlarini taklif qilishi, tadbirkorlar esa — chegirma, yangi tovar va xizmatlar haqida so‘zlab berishi mumkin.

Tuman hokimliklari Yandex.Mahalla’da o‘zlarining rasmiy hisob qaydnomalarini yuritadi, poytaxt hokimiyati qoshidagi Jamoat maslahati organi foydalanuvchilarga javob berish uchun ularni kuzatib boradi. Endilikda Toshkent aholisining mahalliy muammolar haqida shahar hukumatiga murojaat qilishi va so‘rashi osonlashadi, masalan, yo‘l qachon ta’mirlanishi yoki bolalar bog‘chasi qachon ochilishi haqida.

«Toshkent Yandex.Tuman (Yandeks.Rayon) Rossiyadan tashqarida ishlashni boshlagan birinchi shaharga aylandi. Xizmatni O‘zbekistonda ishga tushirish vaqtida biz birinchi navbatda mahalliy aholi ehtiyojlarini hisobga oldik: masalan, ham o‘zbek tilida, ham rus tilida yozish imkoniyatini qo‘shdik, shuningdek, maydonlarga mahalliy nomlarni berdik», — deydi Yandex’ning O‘zbekistondagi hududiy direktori.

«Yandex.Tuman (Yandeks.Rayon) xizmati ishlaydigan shaharlar aholisi turli savollarni muhokama qilishadi: Novosibirsk uylaridagi sovuq isitish batareyalarini, Sankt-Peterburgning asosiy kirishiga o‘rnatilgan axlat tuvaklarini, Krasnodarda ochilgan tarixiy xiyobonni yoki Moskva shahridagi munisipial deputatlar ishini. Bizningcha, Toshkentda ham xizmat ommalashadi va qo‘shnilar onlayn suhbatlarining asosiy joyiga aylanadi», — deydi Yandex.Tuman xizmati rahbari Tatyana Gorelik.

Yandex.Tuman (Yandeks.Rayon) 2016 yilda paydo bo‘lgan va hozirda unda o‘ndan ortiq shahar aholisi gaplashmoqda: Moskva, Sankt-Peterburg, Krasnodar va boshqalar. Xizmatning oy davomidagi auditoriyasi 3,5 million foydalanuvchidan ortadi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!