Toshkentda valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Toshkentda valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi DXX va viloyat IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent tumani hududida joylashgan kiyim-kechak savdo bozori hududida noqonuniy valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro A.A., o‘zining yashash uyda fuqaro S.ga jami 4 800 AQSh dollarini 51,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida 15 383 AQSh dollari, 264 ming Qozoq tengesi, 89 ming Rossiya rubli va 414,3 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!