Toshkentda tanishining 15 ming dollarini va tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda tanishining 15 ming dollarini va tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 10 yanvar kuni 33 yoshli T.I. Yashnobod tuman IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida 09 yanvar kunidan 10 yanvar kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs uning Yashnobod tumani Uysozlar ko‘chasida joylashgan xonadoniga kalit tanlash yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, unga tegishli bo‘lgan qora rangli qo‘l sumkasi ichidan 15.000 AQSh dollari hamda onasiga tegishli bo‘lgan jami bahosi 25 mln. so‘mlik tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Toshkentda tanishining 15 ming dollarini va tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda tanishining 15 ming dollarini va tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda tanishining 15 ming dollarini va tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida mazkur jinoyatni jabrlanuvchining tanishi 36 yoshli N.A., sodir etganligi aniqlangan. Shuningdek, jabrlanuvchi T.I., tanishi N.A.,ni o‘zining xonadonida vaqtinchalik yashab turishga ruxsat berib, uning kalitlarini berganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!