Toshkentda tadbirkorning 325,7 mln so‘mini o‘zlashtirgan ekspeditor aniqlandi

Toshkentda tadbirkorning 325,7 mln so‘mini o‘zlashtirgan ekspeditor aniqlandi

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «U.M.» MCHJ haydovchi-ekspeditori E.YU. buyurtmachilar tomonidan ushbu MCHJga qaytarilgan 139 dona turli mahsulotlarni MCHJ omborxonasiga qayta kirim qilmasdan, boshqa shaxslarga naqd pulga sotib, tadbirkorning 325,7 mln so‘mini o‘zlashtirish yo‘li talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!