Toshkentda pora bilan qo‘lga tushgan inspektorga hukm o‘qildi

Toshkentda pora bilan qo‘lga tushgan inspektorga hukm o‘qildi

Korrupsiya barcha islohotlar ildiziga urilayotgan bolta ekani va unga qarshi kurashish borasida tinimsiz ishlar olib borilayotganiga qaramay, nafs balosiga yengilayotganlar uchrashi dilni xufton qiladi...

Sudlanuvchi 2021 yilning aprelidan tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi 1-son huquqbuzarlik profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika katta inspektori lavozimida faoliyat yuritgan. U tumandagi Mahalla fuqarolar yig‘ini huquq tartibot maskanida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga mas’ul edi. Ammo u xonadoniga ijarachi qo‘ygan uy egasidan 500 000 so‘m pora talabi bilan o‘zining xizmat vakolatini suiiste’mol qilgan...

HARAKATLARI SHUBHA UYG‘OTDI”

Voqea tafsilotlarini sudda uy egasi quyidagicha bayon etdi:

— Oilaviy sharoitim og‘irligi sababli otamning nomida bo‘lgan uyni olti nafar talaba qizlarga har oyda 3.000.000 so‘m ijara haqi to‘lash sharti bilan ijaraga bergandim. Biroq ular bilan notarial tartibda ijara shartnomasi rasmiylashtirmaganman. Oradan 3-4 kun o‘tib, bir yigit qo‘ng‘iroq qilib, hudud profilaktika inspektori xonasiga borishimni aytdi. Borganimda, o‘zini ushbu mahalla profilaktika inspektori deb tanishtirdi. “Uyga noqonuniy tarzda fuqarolarni ijaraga qo‘yibsiz”, deb tushuntirish xati yozdirdi. Ijarada turgan qizlarni chaqirtirishini aytdi. Ijarachi qiz kelib, holat yuzasidan tushuntirish xati yozib berdi. Menga “mana hujjatlar”, deya qo‘li bilan ko‘rsatib, 1.500.000 so‘m jarima to‘lashimni aytdi. Unga “hozir sharoitim og‘ir”, dedim. U bo‘lsa, “turmush o‘rtog‘ingizni chaqirtirib, o‘zim gaplashib olaman”, dedi. Xo‘jayinim kela olmasligini aytib, nima gapi bo‘lsa o‘zim bilan gaplashishini bildirdim. 500-600 ming atrofida jarima to‘lashim kerakligini, boshqa hech kim bu ishni hal qilmasligini aytdi. Pulni ularning o‘ziga to‘lashim va rasmiylashtirilgan hujjatlar o‘zida turishini, pulni olib kelib berganimdan so‘ng meni boshqa umuman bezovta qilmasligini qistirib o‘tdi. Oradan bir necha kun o‘tib, ijarada turgan qizlar qo‘ng‘iroq qilib, “profilaktika inspektori qo‘ng‘iroq qildi. Bizga jarima yozilibdi, to‘lab ketishimiz kerak ekan”, deyishdi. Profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilib, qizlarga nimaga jarima yozganini so‘radim. “Vaqtincha ro‘yxatda turmasdan uyingizda yashayotgani uchun jarima to‘lashlari kerak, gapni ko‘paytirmang”, deb xayrlashdi. Harakatlari shubha uyg‘otdi. Uning gaplarini diktofonga yozib olib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish uchun yana profilaktika inspektori xonasiga bordim. “Qizlarni bezovta qilmang, qancha pul berishim kerak”, desam 540 000 so‘m bo‘lishini aytdi. Sal kelishtirishini so‘raganimda, “500 000 so‘m bering”, dedi. Qaysi kuni ko‘rishishimizni aytib xayrlashdim. So‘ng ichki ishlar xodimining qonunga xilof xatti-harakatlariga chek qo‘yish maqsadida tegishli organga ariza bilan murojaat qildim. O‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tezkor tadbirda o‘z xohishim bilan ishtirok etishimni bildirdim. Arizamga asosan menga 500 000 so‘m pul va bo‘lib o‘tadigan suhbatlarni yozib olish maqsadida ovoz yozish moslamasini ham xolislar ishtirokida bayonnoma asosida taqdim qilishdi.

Profilaktika inspektori xonasiga kirdim. 500 000 so‘mni ko‘rsatib, “bo‘ldimi, boshqa bizni bezovta qilmaysizmi?” deb pulni unga berdim. Sanamay kitobning ichiga solib qo‘ydi. Tezkor xodimlar xolislar ishtirokida profilaktika inspektorining xonasiga kirib, uni ushlashdi.

Sudlanuvchi aybiga iqror...

Sudlanuvchi sobiq inspektor sud majlisida aybiga to‘liq iqrorligi va qilmishidan qattiq pushaymonda ekanini bildirdi. Unga qilmishiga yarasha jazo tayinlandi.

Jamoliddin NAJIMOV, jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi sudyasi:

— Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topildi. Shu modda bilan 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda 2 yil muddatga mansabdorlik bilan bog‘liq ishlarda ishlash huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni manzil koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Sadoqat ALLABERGANOVA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronaldu va Messidan ham 12 baravar boyroq futbolchi haqida eshitganmisiz?

Лионел Месси ва Криштиану Роналду катта бойлик тўплаган бўлса-да, иккаласининг ҳам бойлиги бу футболчиникига яқин ҳам келолмайди.

9 yanvar AQShda motam kuni deb e’lon qilindi

Бу ҳақда Оқ уй сайтида эълон қилинган баёнотда айтилади.

2005 yilda tug‘ilgan braziliyalik qiz UFC bilan shartnoma imzoladi (FOTO)

19 ёшли бразилиялик Элис Перейра аралаш яккакурашлар оламидаги энг нуфузли ташкилот — UFC билан шартнома имзолади.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi murojaati

.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi “Manchester Siti”ga o‘tishi mumkin

“Ланс” ҳимоячиси Абдуқодир Хусанов топ-клублар эътиборини тортишда давом этмоқда.

G‘arb Rossiyadan sanksiyalarni AQShga ko‘chirishni taklif qildi

Санкциялар Россиядан олиб ташланиши ва АҚШга ўтказилиши керак, чунки Нью-Йоркдан фарқли ўлароқ, Москвада санкциялар остида ўнлаб метро станциялари очилди . Ирландиялик журналист Чей Боуз Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида шундай таклиф билан чиқди.

Mayk Taysonning rekordini yangilagan, qariyb bir hafta oldin jang qilgan chempion bokschi 35 yoshida vafot etdi

Бу ҳақда америкалик менежер, қўшиқчи Ne-Yo маълум қилди.

Bosqinchi Isroil chekindi

Сурия Ички ишлар вазирлиги бир қатор аҳоли пунктларидан босқинчи исроил аскарлари олиб чиқиб кетилганини тасдиқлади.

Rodri «Oltin to‘p»ga Vinisius loyiqligini aytgan Ronalduga javob qaytardi

Родри Криштиану Роналдунинг «Олтин тўп» ҳақидаги сўзларига изоҳ берди.

Har bir bola uchun bir million rubl mukofot!

Туғилиш даражаси пасайиб бораётган бир пайтда русларга ҳар бир бола учун бир миллион рубль таклиф қилинди.

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Qodirov O‘zbekiston rahbariyatini "uyg‘onish qo‘ng‘irog‘i"dan ogohlantirdi

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодиров Ўзбекистон раҳбариятини Ғарб оммавий ахборот воситалари кўмагидаги “уйғониш қўнғироғи” ҳақида огоҳлантирди.

Uchinchi jahon urushi aynan qayerda boshlanishi aytildi

Кремл бир неча бор рус диаспорасини ҳимоя қилиш баҳонасида ҳарбий ҳаракатларни бошлаган. Грузия, Молдова ва Украинада шундай бўлган.

Propan narxi tushishda davom etmoqda, benzin esa....

Эътиборли жиҳати шундаки, пропан нархининг кетма-кет бундай арзонлашиб бориши яқин орада кузатилмаган.

Alisher Qodirov G‘ayrat Do‘stovni tanqid qildi: "Bayramni surishtiruv izolyatorida o‘tkazishing aniq edi-ku"

Депутат Алишер Қодиров метан заправка фаолиятини танқид қилган ва натижада жавобгарликка тортилган, айни дамда такрор суди бўлаётган Ғайрат Дўстовни танқид қилди.

«Manchester Siti» Abduqodir Husanov uchun «Lans»ga qancha pul taklif etayotgani ma’lum bo‘ldi

«Манчестер Сити» клуби 20 ёшли ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиш учун 20 миллион фунт стерлинг тўлашга тайёр.

Qozog‘iston Prezidenti lavozimidan muddatidan oldin ketadimi?

Тўқаев журналистнинг БМТга раҳбарлик қилиш режалари туфайли 2026 йилда Қозоғистонда муддатидан олдин президентлик сайлови ўтказилиши ҳақидаги миш-мишларга изоҳ бериш сўровига шу тарзда жавоб берган.

Yahyo Sinvar "Yil odami" unvoniga sazovor bo‘ldi

Унинг фидойилиги ва Фаластинни озод қилиш учун кураши, уни араб дунёсида қаршилик ва бирлик рамзи даражасига кўтарди.

Qozog‘istonda yirik yo‘l-transport hodisasi: qurbonlar soni ortib bormoqda

Оммавий авария қурбонлари сони 20 нафарга етди

Фермерлар намойишига, шунингдек, овчилик жамияти вакиллари ҳам қўшилган, улар ўрмонлардан фойдаланиш ва ов қилиш борасидаги ЕИ ҳамда ҳукумат сиёсатидан норози.

Аэропортда самолётни ўт ўчириш ва тез ёрдам хизматлари кутиб олди.

Falastin vakili BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida yig‘ladi

Бу ҳақда РИА Новости хабар бермоқда .

Husiylar Isroilga qarshi muvaffaqiyatli zarba berganini da’vo qilmoqda

Бу ҳақда ҳусийлар вакили Яҳё Сария маълум қилди, дея хабар беради “Ал-Масираҳ” .

AQSh Xitoy kompaniyasini kiberhujumlarda ayblab, unga qarshi sanksiyalar kiritdi

Бу ҳақда бошқарма сайтида хабар берилган .

Tailandda ispaniyalik turist fil hujumi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi

Испаниялик турист Таиландда фил ҳужуми оқибатида ҳалок бўлди.

15 yoshli «haydovchi» yo‘lovchining boshiga yetdi

Бухоро вилояти, Когон туманидаги Туткунда маҳалласи ички автомобиль йўлида 15 ёшли «ҳайдовчи»нинг ноқонуний хатти-ҳаракати оқибатида 32 ёшли фуқаро оғир тан жароҳати олган.

Xusiylar Isroilga yirik hujum haqida e’lon qildi

Яманнинг “Ансор Аллоҳ” ҳаракатининг ҳусий жангарилари Тел-Авив ҳудудидаги электр станциясига муваффақиятли зарба берганини эълон қилди.

Яқинда Пентагон АҚШ Конгрессига тақдим этилган ХХРнинг ҳарбий қудрати ҳақидаги йиллик ҳисоботини эълон қилди.

Davlatni boshqarishning parlament tizimi, albatta, yashashga haqli, biroq u sobiq ittifoq mamlakatlariga hozircha naf keltirgan emas — Qozog‘iston prezidenti

Қосим-Жўмарт Тўқаев бундай фикрни Ана тили газетасига берган интервюсида билдирди.

Qozog‘istonda 40dan ortiq avtomobil to‘qnashdi

Воқеа жойида полиция ва фавқулодда вазиятлар хизмати ходимлари ишламоқда.

2024 yilda Pokistonda qancha ayol “nomus qotilliklari” qurboni bo‘lgani aytildi

Бу жиноятларнинг кўпчилиги айниқса, Синд ва Панжоб вилоятларида қайд этилган.

Saudiya Arabistonida Eronning olti nafar fuqarosi qatl qilindi

Эрон Ташқи ишлар вазирлиги Саудия Арабистонининг Теҳрондаги элчиси Абдуллоҳ бин Сауд ал-Анезийни чақириб, унга содир этилган қатллар муносабати билан “кескин иборалар” билан норозилик нотасини топширган.

2025 yilda o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishga arziydigan yetti osmon hodisasi

Тўлиқ Ой тутилиши 7 сентябрь куни содир бўлади, Ўзбекистоннинг деярли барча ҳудудларида тўлиқ бўлиб, узоқ вақт давом этади.

Asad rejimi ag‘darilganidan keyin 115 mingdan ortiq suriyalik o‘z vatanlariga qaytdi

Бу ҳақда Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Қочқинлар бўйича Олий комиссарлиги бошқармаси маълум қилди.

Buxoroda 12 yoshli qizning 4 oylik homilasi borligi ma’lum bo‘ldi

Қиз Бухоро шаҳар перинатал марказига ётқизилган.

Isroilning G‘azo markazidagi havo hujumi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Соғлиқни сақлаш расмийларининг айтишича, ҳалок бўлганлар ва жароҳатланганлар орасида болалар ва аёллар ҳам бор.

20 dan ortiq Xitoy samolyotlari Tayvan hududiga yaqinlashgan

Бу ҳақда Тайван мудофаа вазирлиги Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида маълум қилди.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainada zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini e’lon qildi

Туркия Украинада зудлик билан ўт очишни тўхтатиш тарафдори , деди мамлакат ташқи ишлар вазири Ҳоқон Фидан .

Ma’lum bo‘lishicha, Bayden Eron yadro inshootlariga zarba berishni muhokama qilgan

АҚШ президенти Жо Байден ўз жамоаси билан Эрон ядровий иншоотларига зарба беришни муҳокама қилди . Бу ҳақда Ахиос портали хабар бермоқда .