Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berib, bolalarni kaltaklagan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berib, bolalarni kaltaklagan shaxs qo‘lga olindi

2020 yil dekabr oyida Toshkent shahar Shayxontohur tumani «Janggoh» mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning birida yashovchi A. ismli shaxs o‘z yashash joyida noqonuniy tarzda xujra tashkil qilib, bolalarga diniy ta’lim bergani aniqlangan.

Islom ta’limotidan saboq bergan shaxsning ushbu faoliyatga ruxsati va ma’lumoti bo‘lmagan.

Voyaga yetmagan bolalarga ta’lim berish jarayonida, ularning tana a’zolariga o‘qlov bilan urib, turli darajada jarohat yetkazgan.

Ma’lumotga ko‘ra, bolalarning ota-onalari diniy ta’lim uchun 150-200 AQSh dollari berib kelishgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o‘rta darajada shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!