Toshkentda Nexia rusumli avtomobillarda eng ko‘p yo‘l-transport hodisalari sodir etildi

Toshkentda Nexia rusumli avtomobillarda eng ko‘p yo‘l-transport hodisalari sodir etildi

Toshkentda 2019 yilning o‘tgan 6 oyi davomida Nexia rusumli avtomobillarda yo‘l-transport hodisalari ko‘proq sodir etildi. Bu haqda 16 iyul kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi multimedia markazida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Anjumanda Toshkent shahar IIBB YHX boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Aziz Sadirov 2019 yilning o‘tgan 6 oyi davomida yo‘l-transport hodisalari qaysi rusumli avtomobillarda ko‘proq sodir etilganligi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Engil avtomobillar:

1. Nexia – 95 ta;

2. Spark – 95 ta;

3. Matiz – 91 ta;

4. Lacetti – 75 ta;

5. Cobalt – 38 ta;

6. Damas – 28 ta;

7. VAZ 21-06 – 26 ta;

8. Captiva – 10 ta;

9. VAZ 21-07 – 8 ta;

10. Hyundai – 5 ta.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!