Toshkentda mashinasida yo‘lovchi ayolga tegajog‘lik qilgan erkak qamaldi
Erkak ayolning oyoq va ko‘krak qismlariga teginib, shahvoniy shilqimlik qilgan va IIO xodimlarining qonuniy talabini bajarmay ulardan qochishga uringan.
Joriy yilning 26 sentyabr kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi, 52-moddasi 2-qismi, 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda gumonlangan shaxsga oid ish ko‘rib chiqildi.
Ish hujjatlariga ko‘ra, joriy yilning 2 may kuni fuqaro G.U. (ayol kishi) "102"ga qo‘ng‘iroq qilib, unda noma’lum shaxs, uni moshinasiga o‘tkazib, shilqimlik qilayotganini ma’lum qilgan.
Holat IIB xodimlari tomonidan o‘rganilganda SH.U. (erkak) o‘zining ORLANDO avtomashinasida G.U.ni manziliga olib borib qo‘yishga kelishgan. SH.U. avtomashinasining orqa o‘rindig‘iga o‘tib G.U.ning oyoq va ko‘krak qisimlariga teginib shahvoniy shilqimlik qilganligi va avtomashinasini qulflab, duch kelgan tomonga haydab ketganligi, G.U.ning "102"ga qilgan murojaatiga asosan IIO xodimlari SH.U.ga avtomashinasini to‘xtatishni talab qilganida u xodimlarning qonuniy talablarini bajarmay harakatni davom ettirganligi aniqlangan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi, 52-moddasi 2-qismi, 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topildi. Unga nisbatan shu modda bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi va BHMning 2 baravari (680 000 so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.