Toshkentda “Hizbut tahrir” tashkiloti faoliyat olib borgani aniqlandi

Toshkentda “Hizbut tahrir” tashkiloti faoliyat olib borgani aniqlandi

Qo‘lga olinganlar Hizbut tahrir tashkiloti rahnamolari tomonidan yozilgan Islom nizomi va boshqa elektron kitoblardan foydalangan holda xalqalar o‘tib kelganlar.

Hizbut-tahrir tashkilotining bosh maqsadi musulmon mamlakatlarini birlashtiruvchi xalifalik davlatini qurishni bosh maqsad deb e’lon qilingan. Tashkilotning asosiy mavzusi Xilofat (xalifa saylash) masalasi bo‘lib, ularda Hozirgi kunda musulmonlarning zimmalaridagi dolzarb vazifa xalifa saylashdir, toki ular bu ishni ado etmas ekanlar, ularning boshqa ibodatlari befoydadir degan g‘oya targ‘ib qilinadi.

Tashkilot bir maromda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida a’zolari o‘rtasida vazifalar aniq belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra Amir qiyodat (dunyo bo‘yicha xalifalik davlatining eng katta rahbari), mo‘’tamad (vakil, ma’lum bir davlat boshlig‘i), ma’sul (javobgar, viloyat bo‘yicha boshliq , naqib (rahbar, rais, tuman bo‘yicha boshliq), uning yordamchisi esa naqib yordamchisi va undan keyingi lavozimdagilar jihoz a’zolari (boshqaruv idora a’zolari , mushrif (guruh rahbari) ular harakatga kiruvchilarni o‘qitishga mas’ullar va doris (o‘quvchi) belgilangan. Hizbut-tahrir o‘ziga xos ijtimoiy muhitni yaratish maqsadida xalqa larga oila a’zolari, yaqin qarindoshlar, do‘stlar, mahalladoshlar, yon-atrofdagi moddiy jihatdan kam ta’minlangan shaxslarni jalb qilishga alohida e’tibor qaratilgan.

Da’vatchilar asosan dinga moyilligi bo‘lgan kishilarni jalb qilib, ularni xalqalarda avval islom diniga oid suhbatlar bilan bilim darajasini aniqlashadi, keyinchalik ular orasidan iqtidorli, da’vatini boshqalarga o‘tkaza oladigan va tashkilotga foyda keltiradigani ajratib olinib, ularga asta-sekin Hizbut-tahrir ning taktik strategiyasini belgilab beruvchi Islom nizomi asosida dars beriladi.

Jahon.uz internet nashri o‘zining davlat organlaridagi ishonchli manbasi orqali ana shu tashkilotga kirib qolgan ayrim yurtdoshlarimizning qilmishlari haqidagi ma’lumotga ega bo‘ldi.

Jumladan, fuqaro Valiyev Abdul-aziz Ahmadjon o‘g‘li muqaddam 1999 yilning 27 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan Hizbut tahrir diniy ekstremistik tashkilotdagi faoliyati uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (JK) 159-moddasi 1-qismi bilan sudlanib, sudning hukmiga ko‘ra 2 yil sinov muddati belgilanib, jazo muddatini o‘tab, o‘ziga tegishli xulosa chiqarib olmay, tuzalish yo‘liga kirmasdan, dastlabki tergovda shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmagan Ali ismli Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi shaxs tomonidan Fasebook ijtimoiy tarmog‘ining sahifasida ochilgan Ronaldo , Muslim Mo‘minov niklar ostida internet orqali tanishib, uning O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan olib borilayotgan siyosatga norozilik ohangidagi da’vatlarini tinglab, ruhiy oziqa olib, O‘zbekiston diyorida hukm surib turgan tinch ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy vaziyatga nisbatan norozilik kayfiyati uyg‘onib, aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan fundamentalistik va separatistik ruhdagi bilimini oshirishni maqsad qilib, keyinchalik Ali ismli noma’lum shaxsning ko‘rsatmalariga itoat etgan holda, ularni so‘zsiz bajarib, O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida Hizbut tahrir tashkiloti faoliyatini tiklashni maqsad qilib Ali dan o‘zi istiqomat qilib kelayotgan Beltepa mavzesidagi uyida Hizbut tahrir oqimi rahnamolari tomonidan yozilgan Islom nizomi nomli elektron kitobdan xalqa olishni boshlagan. Shu tariqa u mustaqil ravishda internet ijtimoiy tarmog‘ining ekstremistik, terroristik va aqidaparast g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi saytlariga kirib, Hizbut tahrir tashkilotga bog‘liq bo‘lgan adabiyotlar va ma’lumotlarni yuklab olib, mazkur adabiyotlar va materiallarni o‘qib, o‘z ongini boyitib, undan ilhomlanib, ongi aqidaparastlik g‘oyalari bilan zaharlanib, tashkilot faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, ilgarigi sodir etgan o‘ta og‘ir jinoyatini xavfli residivist bo‘lib, qaytadan sodir etib kelgan.

A.A.Valiyev o‘z jinoiy maqsadlariga erishish, o‘zining g‘oyaviy tarafdorlarini ko‘paytirish yo‘lida dinga moyiligi bo‘lgan Toshkent shahrida yashovchi Nurmatov Farrux Gappardjanovich, Tursunov Muxtor Aripovich, Yunusxodjayev Toxirxodja Zokirxodjayevich hamda Xadjayev Amirbek Atabekovichlarni tashkilot faoliyatiga jalb etib, ularga islom dini yo‘nalishida turli da’vatlar olib borish bilan birga oldindan belgilangan vaqtlarda halqa a’zolarining yashash manzillarida va boshqa joylarda Hizbut tahrir diniy ekstremistik oqim rahnamolari tomonidan yozilgan Islom nizomi kitobdan halqa o‘tib, ularni tafakkurini oshirgan holda tarafdorlar safini kengaytirish maqsadida muqaddam Hizbut tahrir tashkiloti faoliyatida ishtiroki uchun sudlanib jazo muddati o‘tab kelgan shaxslarni da’vat yo‘li bilan qayta jalb qilish haqida topshiriqlar berib, ularni ushbu faoliyat uchun mas’ul deb belgilagan.

Mazkur topshiriq asosida mas’ul lar F.G.Nurmatov, M.A.Tursunov, T.Z.Yunusxodjayev hamda A.A.Xadjayevlar muqaddam sudlangan Yunusxodjayev Muhiddin Sobirxodjayevich, Musayev Zafar Ziyadovich, Yunusxodjayev Zoirxodja Zakirxodjayevich, Sharafitdinov Ahmadjon To‘lqunovich, Muxamadaminov Abduvaxab Vafayevich, Rasulov Abduraxim Abduraxmonovich, Nazarov Abdullo To‘xtasinovichlarni Hizbut tahrir tashkiloti faoliyatiga jalb etib, ularga tashkilot faoliyatini tiklaganligi to‘g‘risidagi xushxabar ni yetkazib, ularga mas’ul sifatida Islom nizomi kitobidan xalqa lar o‘tib, mushrif lar qatorida tayyorgarlikdan o‘tkazib borib, mushrif lar sonini Sultanov Husan Toyirovich, Giyazov Nizomiddin Fazlitdinovich, Tursunov Shavkat Zokirovichlar bilan to‘ldirgan.

Shu bilan bir qatorda tashkilot safiga Raximov Abdulaziz Axmadjonovich, Raximov Maxmud Xudoyberdiyevich, Raxmatov Rustam Raxmatovich, Mulladjanov Mansurdjan Mirzayevich, G‘oyibnazarov Lutfullo Fayzullo o‘g‘li, Abdullayev Dilshod Abdullayevich, Nabiyev Abduvaxid Maxamadjanovich, Mirzayev Avaz Xudayberganovich, Tashpulatov Xayrulla Xamidullayevich, Omonov Abduxalil Abduraxmanovich, Mirzamuxamedov Abdurashid Abdulxanovich, Pirmatov Tuyg‘unjon Tursunbayevich, Imamov Javlon Mixromovich, Azimov Shoraxmad Kudduzovich, Saidmirzayev Shavkat Sharipovich, Daliyev Toxir Javlonovich, Muxtarov Saidikrom Asrorovich, Adilov Rustam Raxmatullayevich, Raximov Akmal Sharipovich, Rashidov Axmad Abdukarimovich, Soliyev Ibroxim Abdurahmon o‘g‘li, Ziyayev Xusan Abdufattaxovich, Mirzajonov Sobir Shakirovich, Mirazizov Xikmat Xusanovich, Abraximov Azim Ablizovich, Sultanov Azim Abbasovich, Alimuxamedov Aziz Agzamovich, Tashpulatov Sharafutdin Shaxidayatovich, Gayibnazarov Fayzulla Muxamedjanovich, Maxmudov Baxodir Saidjamilovich, Ilyaxunov Farrux Ile o‘g‘li, Raxmatullayev Nasrulla Xabibullayevich va boshqalarni hizb a’zolari sifatida jalb qilib, ular ishtirokida alohida halqalar tashkil qilinib, mas’ullar va mushriflar yordamida Hizbut tahrir tashkiloti rahnamolari tomonidan yozilgan Islom nizomi va boshqa elektron kitoblardan foydalangan holda halqalar o‘tib kelganlar.

A.Valiyev tomonidan mas’ullar Nurmatov Farrux Gappardjanovich, Tursunov Muxtor Aripovich, Yunusxodjayev Toxirxodja Zokirxodjayevich hamda Xadjayev Amirbek Atabekovichlarga Hizbut tahrir diniy ekstremistik tashkilotiga taalluqli elektron adabiyotlarni halqa a’zolari saviyasini oshirish maqsadida bergan adabiyotlarni turli yo‘llar bilan qo‘l telefonlari uchun mo‘ljallangan turli hajmdagi elektron tashuvchi qurilmalarga ko‘chirish yo‘li bilan ko‘paytirib, ularni hizb a’zolariga tarqatib, shu bilan birga tashkilot ravnaqi uchun deb har oyda turli miqdordagi pullarni tabarruot tariqasida yig‘ib kelishgan.

A.Valiyev o‘zi tomonidan jamlanib, 1 dona qo‘l telefonlari uchun mo‘ljallangan elektron tashuvchi qurilmaga joylashtirilgan Hizbut tahrir tashkiloti rahnamolari tomonidan nashr qilingan materiallarni tarqatish maqsadini ko‘zlab, ko‘paytirish uchun Z.Z.Yunusxodjayevga topshirgan. Z.Z.Yunusxodjayev A.Valiyevning topshirig‘i asosida mazkur elektron tashuvchi qurilmani J.M.Imomovga olib borib, uni ko‘paytirib berishi maqsadida topshirgan. J.M.Imomov o‘z o‘rnida Hizbut tahrir tashkiloti mas’ullari tomonidan berilgan topshiriqqa so‘zsiz itoat etgan holda o‘zining kompyuteri yordamida elektron adabiyotlarni qo‘l telefoni uchun mo‘ljallangan jami 10 ta elektron tashuvchi qurilmaga ko‘chirish yo‘li bilan ko‘paytirib, Z.Z.Yunusxodjayevga bergan. Z.Z.Yunusxodjayev orqali Hizb tashkilotning qolgan a’zolari ham ushbu materiallardan to‘liq foydalangan holda o‘zlarining hizbiy bilimlarini oshirib kelganlar.

Toshkent shahar, Olmazor tumani, Keles yo‘li ko‘chasida joylashgan Keles YPX maskanida tumani huquq tartibot idoralari xodimlari tomonidan xizmat olib borayotgan vaqtlarida Yunusxodjayev Zoirxodja Zokirxodjayevich boshqaruvida bo‘lgan oq rangli Xunday Porter rusumli avtomashina tekshirish uchun to‘xtatilib tekshirilganida mashinada unga tegishli Samsung SM-T211 rusumli kichik planshetda turli mavzulardagi diniy ma’ruza va viyeolavhalar bor ekanligi aniqlanib, tekshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlar bo‘yicha qo‘mita ekspertlariga yuborilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlar bo‘yicha qo‘mita esa bu fayllarda Hizbut tahrir tashkilotiga qo‘shilishga chaqiriq va O‘zbekistondagi diniy ijtimoiy va siyosiy vaziyatga noxolis fikrlar keltirilganligi bular esa O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitusiyaga xilof ravishda o‘zgartirishga, islom davlati qurish, xalifalik boshqaruvini joriy etishga qaratilgan aqidaparastlik g‘oya bor ekanligini aniqlagan.

Shu o‘rinda A.A.Rasulov xalqa safini kengaytirish maqsadida Abduraxmanov Axror Abdulazizovichni, A.T.Sharafitdinov Po‘latov Xamidjon Akbardjanovichni, A.V.Muxamadaminov Aripov Botir Kobilovichni, F.G.Nurmatov Tajibebkov Yusuf Abdusamadovich va Xaydarov Abdujabbor Abduraxmanovichni, A.A.Xodjayev Zayniddinov Axmadjon Baxodir o‘g‘lini, N.F.Giyazov Axrarov Agzam Asralovichni va Karimov Mirmuxsin Mirjalilovichni, A.A.Alimuxamedov Maxmudov Bobir Ro‘ziboy o‘g‘lini, SH.Z.Tursunov Isayev Kamoliddin Nosirovichni, J.Dj.Raximov Isxakov Davronali Askarovichni, T.Z.Yunusxodjayev Vakilov Abdulatif Abdusattorovichni, B.S.Maxmudov Alimov Utkur Irkinovichni, A.A.Raximov Raximov Xasan Sharipovich, Raximov Atxam Sharipovich va Raximov Askar Atxamovichlarni, A.A.Valiyev Gafurov Abduxalil Ganiyevichni, Z.Z.Musayev Gaibnazarov Dilshad Tashmuratovichni Hizbut tahrir tashkilot faoliyatiga 2015 yilning oktyabr oyiga qadar jalb etib, turli da’vatlar qilib kelgan vaqtlarida huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari tomonidan qo‘lga olinganlar.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan bir qator tezkor surishtiruv va tergov harakatlari natijasida yuqorida ismlari bayon qilingan jamoat a’zolarining yashash manzillarida o‘tkazilgan tintuv jarayonlarida jinoyatga aloqador bo‘lgan ma’lumotlar olinib jinoyat ishiga qo‘shilgan.

Jahon.uz da mavjud bo‘lgan hujjatlarda qayd etilishicha, sudga oid dinshunoslik ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, L.F.G‘oyibnazarovga tegishli Micro SD NS 32 GB rusumli xotira qurilmasi, silicon pover 500 GB rusumli xotira qurilmalarida A.Mirzayev, R.Kamolov Abdulloh Buxoriylarning taqiqlangan aqidaparast g‘oyalar yo‘g‘rilgan ma’ruzalari hamda Hizbut tahrir tashkiloti tomonidan tayyorlangan kitob va jurnallarning elektron nusxalari yozilganligi, mazkur adabiyotlar amaldagi davlat tuzumini Konstitusiyaga xilof ravishda o‘zgartirishga, davlat boshqaruvini o‘zgartirib, islom davlati qurish va xalifalik boshqaruvini joriy etishga qaratilgan aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganligi aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!