Toshkentda fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Toshkentda fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan  firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi, Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi va viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam 5 marotaba firibgarlik jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro O‘.M. fuqaro F.ning qizini tanishlari orqali 5 000 AQSh dollari evaziga Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishga ishontirib, oldindan 1 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!