Toshkentda “Eralash” kinojurnali rejissyori mahorat darsi o‘tkazadi

Toshkentda “Eralash” kinojurnali rejissyori mahorat darsi o‘tkazadi

Toshkentda mashhur “Eralash” kinojurnali rejissyori Feliks Krivosheev ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tadi. Unga kirish bepul.

Butunrossiya davlat kinematografiya instituti 7 may kuni Toshkent filialida rejissyor Feliks Krivosheev tomonidan mahorat darsi o‘tkaziladi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Rejissyor Rossiya prodyuserlar gildiyasi, ko‘plab rus telekanallari muharriri va “Eralash” jurnali rejissyori hisoblanadi. U dunyoda birinchilardan bo‘lib onlayn kino maktabi hamda "Lucky" nomli "Video 360" formatidagi janrli filmlarni yaratgan.
Mahorat darsi soat 10:00 da boshlanadi. Kirish bepul. Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali chilonzor 1A manzilida joylashgan.
Ma’lumot uchun, yuz minglab bolalar va kattalar Yeralashda rol o‘ynashni orzu qilishgan. Bir necha o‘n yillar davomida “Eralash” faqat Moskvada suratga olingan. 2010 yildan boshlab esa viloyatdagi bolalarda ham Yeralashda suratga tushish imkoniyati yaratilgan.
Bugun hamma o‘zining sevimli kinojurnalining qahramoniga aylanishi mumkin. Bu imkoniyat Yeralash studiyasi tomonidan taqdim etiladi. Ayni paytda studiya Rossiyaning ko‘plab shaharlarida ochilgan. Studiya “Eralash” jurnali bilan hamkorlikda ishlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!