Toshkentda bog‘cha deb rasmiylashtirilgan turar joylar qandaydir yo‘l bilan xususiy uylarga aylanib qolgan (video)

Toshkentda bog‘cha deb rasmiylashtirilgan turar joylar qandaydir yo‘l bilan xususiy uylarga aylanib qolgan (video)

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Avayxon mahallasida, xususiy korxona tomonidan qurilgan xavfsizlik va qurilish standartlariga javob bermaydigan yangi uylar buzib tashlandi, deb xabar qilmoqda “O‘zbekiston 24” telekanali.

Bir necha kun oldin Chilonzor tumanida bir oilaning to‘rt farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgani haqidagi xabar butun O‘zbekistonni larzaga solgan edi. 

Albatta, bunday fojea, faqatgina qurilish normalarining qo‘pol ravishda buzish, gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida kelib chiqishi mumkin.

Teleko‘rsatuvda aytilishiga ko‘ra, ushbu fojea sababli aynan o‘sha Chilonzordagi mash’um uyni qurgan xususiy korxonaning boshqa ob’ektlari tekshirilganda yanada katta xatolar aniqlangan. 

Masalan: ba’zi uylar orasida atigi 3 metr masofa qoldirilgani yoki yangi uylarning issiqlik quvurlari o‘tgan “issiqlik trassasa”si ustida qurilgani, birinchi qavatdan chiqayotgan gaz tutuni ikkinchi qavat oynasiga kirayotgani shular jumlasidan.

Shuningdek, uylarning ayrimlari dastlab bog‘cha deb rasmiylashtirilib, keyinchalik qandaydir yo‘l bilan xususiy uyga aylanib qolganligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Chilonzordagi fojeadan keyin, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev xavfsizlik talablariga javob bermaydigan uylarda gaz o‘rnatish loyihasiga ruxsat bergan Yunusobod tumani gaz ta’minoti boshlig‘ini ishdan bo‘shatib, majlis zalidan chiqarib yuborgani haqida xabar bergan edik. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!