Toshkentda "BMW IX" haydovchisi 87 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgan. Jarima qancha deb o‘ylaysiz?

Toshkentda "BMW IX" haydovchisi 87 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgan. Jarima qancha deb o‘ylaysiz?

Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent shahar IIBB YHXB qarorlariga asosan, qarzdor fuqaro V.B.dan davlat foydasiga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 128-moddasi 1 va 3-qismlari va boshqa moddalari bilan huquqbuzarlik sodir etib, yo‘l chizig‘i talablariga rioya etmaganligi, tezlik chegaralangan joyda qoidalarga amal qilmay, bir necha marotaba ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgani sababli, 87 marta yo‘l harakati qoidasini buzgan fuqaroga nisbatan jami 65 mln. so‘m ma’muriy jarima undirish haqidagi ijro ishlari mavjud.

Mazkur ijro hujjati bo‘lim davlat ijrochisi X.Xazratqulov ish yurituviga berilgan bo‘lib, ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan qo‘zg‘atilgan.

O‘z vaqtida to‘lanmagan jarimalar soni 87 taga oshib, fuqaro sodir qilgan qoidabuzarligi sababli, ma’muriy jarimalarni o‘z vaqtida to‘lab bormagan. Oqibatda, qonun talabi asosidagi muddatlar o‘tib, qarorlar Byuro organlariga kelib tushgan. Qarzdor bir necha marta ogohlantirilishiga qaramay qarz summalarini qoplamaganidan so‘ng, Byuroning tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilgan. Fuqaroga tegishli bo‘lgan "BMW IX" xatlanishi jarayonida qarzdordan 65 mln. so‘m miqdoridagi ma’muriy jarimalar undirilib, davlat foydasiga yo‘naltirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!