Toshkentda avtobuslar uchun yana alohida yo‘laklar paydo bo‘ladi

Toshkentda avtobuslar uchun yana alohida yo‘laklar paydo bo‘ladi

Toshkent shahrining Amir Temur, Shahrisabz, Shota Rustaveli va Yangi Sergeli ko‘chalarida tezkor avtobuslar harakatlanishi uchun alohida ajratilgan avtobus yo‘lagini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan Hukumat qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.

Mazkur ko‘chalardagi chorrahalarda svetoforlarning muvofiqlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etiladi. Chorrahalarning geometrik parametrlarini o‘zgartirish orqali samaradorligi oshiriladi.

Yo‘nalishsiz taksi uchun yo‘lovchilarni tushirish/chiqarish maydonchalari joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda. Ehtiyojdan kelib chiqib, yo‘l transport hodisalari tahlili asosida tartibga solingan piyodalar o‘tish yo‘laklarini joriy qilish va svetoforlarning muvofiqlashtirilgan tizimga integrasiya qilish, xavfsizlik orolchalarini joriy etish ham rejada bor.

Jamoat transporti infratuzilmasi ob’ektlari talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda rekonstruksiya qilinadi.

Toshkent shahar hokimligi bu ko‘chalaridagi qurilish va ta’mirlash ishlarini 2023 yil yakuniga qadar to‘liq tugatish choralarini ko‘rishi zarur.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!