Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi ish yurituvida 34 yoshli Zafar A.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan firibgarlik va talonchilik bilan bog‘liq 15ta epizodli jinoyat ishi mavjud.
Ayblanuvchi, xususiy kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning avtomobiliga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, yo‘lda ketayotganda boshqa taksida uyali telefon apparatini tushirib qoldirganligini va telefoniga qo‘ng‘iroq qilib olmoqchi ekanligini aytib, ushbu avtomobil haydovchisining telefonini so‘ragan. Taksi haydovchisining telefonini qo‘lga kiritgach, go‘yoki o‘zining telefoniga qo‘ng‘iroq qilayotgandek va telefonini qaytarib olish uchun haydovchi bilan uchrashuv joyini kelishib olgandek tutgan. Shundan so‘ng, haydovchiga biror joyni aytib, o‘sha joyda to‘xtatishni so‘ragan va go‘yoki uni telefoni qolib ketgan avtomashina yo‘lning narigi tarafidan kelayotganini aytib, yo‘lni kesib o‘tgan, haydovchining chalg‘iganidan foydalanib voqea joyidan yashiringan.
Taksi haydovchisi tomonidan berilgan birinchi ariza Yunusobod tumani IIO FMBga joriy yilning 29 mart kuni kelib tushgan. So‘ng ikki oy davomida shu kabi murojaatlar yana to‘rtta tuman IIO FMBda ro‘yxatdan o‘tgan. Har bir holatda jabrlanuvchilar jinoyatchi harakatlangan bir xil sxemani tavsiflashgan. Faqat ikki holatda jabrlanuvchilar jinoyatchining niyatini anglab, undan telefonni qaytarib berishligini so‘rashgan. Shuning uchun mazkur holat yuzasidan talonchilik, ya’ni o‘zgalar mulkini ochiqdan-ochiq talon-taroj qilish alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Jinoyatchining tashqi ko‘rinishi tavsiflari ham mos kelgan.
Toshkent shahar IIBB tezkor qidiruv xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida mazkur jinoyatlarni sodir etishda gumonlanib, poytaxtlik 1987 yilda tug‘ilgan Achilov Zafar Xikmatovich ushlangan. Hozirgi vaqtda unga 13ta firibgarlik va 2ta talonchilik holatlari bo‘yicha ayb e’lon qilingan. Ayblanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.