Toshkentda 33 yoshli erkak oziq-ovqat do‘konining omboridan 80 mln so‘mlik mahsulotlarni o‘g‘irladi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida joriy yilning mart oyida, noma’lum shaxs oziq-ovqat do‘konining omboriga kirib, 80 mln so‘mlik mahsulotlarni o‘g‘irlab ketdi. Mazkur holat bo‘yicha, Sergeli tuman IIO FMBga xabar kelib tushgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 33 yoshli Dovlet U. aniqlanib, qo‘lga olingan.
Shuningdek, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)