Toshkentda 29 ta arxitektura yodgorligiga o‘zboshimchalik bilan zarar yetkazildi

Toshkentda 29 ta arxitektura yodgorligiga o‘zboshimchalik bilan zarar yetkazildi

Bosh prokuratura tomonidan mutasaddi idoralar bilan birgalikda hozirga qadar foydalanib kelinayotgan arxitektura yodgorliklarining ahvoli Toshkent shahrida o‘rganilgan.

Poytaxtda mavjud 290 ta tarixiy binolarning 167 tasi tashkilot va idoralar tomonidan foydalanilmoqda, deyiladi xabarda.

O‘rganishlar foydalanuvchilar tomonidan ob’ektlardan noto‘g‘ri foydalanish va zarar yetkazish holatlari mavjudligini ko‘rsatgan.

Jumladan, o‘zboshimchalik bilan 29 ta arxitektura yodgorligiga zarar yetkazgan holda 818 dona kondisioner hamda 20 ta ob’ektga 36 ta soyabon va banner o‘rnatilgan.

Masalan, davlat muhofazasiga olingan Toshkent iqtisodiyot universiteti binosiga 30 ta, Fanlar akademiyasiga 49 ta yoki Transport universitetiga 98 ta kondisioner o‘rnatilgan.

Nazorat tadbirlarida 21 ta ob’ektdagi qonun buzilishi holatlari foydalanuvchilarning o‘zi tomonidan bartaraf etilishi ta’minlandi.

Shu bilan birga, 25 ta ob’ekt foydalanuvchisiga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar qo‘zg‘atilib, sudlarga yuborildi, deya ta’kidlanadi Bosh prokuratura xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!