Toshkentda 22 yoshli yigit 25 yashar qizning nojo‘ya suratlarini internetda tarqatib yubordi (FOTO)

Toshkentda 22 yoshli yigit 25 yashar qizning nojo‘ya suratlarini internetda tarqatib yubordi (FOTO)

Toshkent viloyati.  Angren shahar IIBga 25 yoshli T.Feruza ariza bilan murojaat qilib, unda tanishi 22 yoshli T.Sardorbek 2021 yilning aprel oyining boshlaridan buyon uning uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan nojo‘ya ko‘rinishdagi suratlarini sobiq turmush o‘rtog‘iga “Telegram messenger” orqali yubormasligi evaziga 300 AQSh dollar talab qilib, u ushbu pullarni bera olmaganidan so‘ng uning suratlarini “Telegram messenger” ijtimoiy tarmog‘ida tarqatib yuborganligini ma’lum qilgan.

Toshkentda 22 yoshli yigit 25 yashar qizning nojo‘ya suratlarini internetda tarqatib yubordi (FOTO)

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, T.Sardorbek T.Feruzadan tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilgan SMS yozishmalari borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan  Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan T.Sardorbekka nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.   


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!