“Toshkent-Xojikent” elektropoyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilindi

“Toshkent-Xojikent” elektropoyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilindi

10 may kuni soat 08:30 dan 11 may kuni soat 06:30 ga qadar “Toshkent MTU” UK yo‘lsozlari tomonidan “Toshkent-Xojikent” yo‘nalishida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Poyezdlar harakat xavfsizligi hamda yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, 10 may kuni “Toshkent-Xojikent-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan 6429, 6430, 6435, 6436, 6437, 6441 hamda 11 may kuni ushbu yo‘nalishda harakatlanadigan 6442, 6440-sonli shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar qatnovi bekor qilinadi, deb xabar qildi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.

11 may kuni soat 06:30 dan boshlab, bu shaharlararo harakatlanadigan elektropoyezdlar o‘z harakat jadvali bo‘yicha qatnovini amalga oshiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!