Toshkent viloyatida 5 yoshli bola kanalda cho‘kib ketdi

Toshkent viloyatida 5 yoshli bola kanalda cho‘kib ketdi

Mazkur holat joriy yilning 3 iyun kuni Toshkent tumani Ko‘kterak hududida ro‘y bergan. "Uchsada" MFY hududidan oqib o‘tuvchi kanal uyning yonidan o‘tganligi uchun bolakay bog‘chadan kelib, kanalga tushib ketgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Qarindoshining so‘zlariga ko‘ra, mazkur hududda ichimlik suvi yo‘qligi sababli kanaldagi suvdan foydalanishgan.

"Suv olgani kanalga chiqqandim, birinchi "tapochka" oqib o‘tdi, keyin bolaning boshi, qo‘li ko‘rindi. O‘sha vaqtda erkak kishi ham yo‘q edi. Men ham suzishni bilmayman. So‘ngra "uchastkavoy"ga xabar berdik. Qaytib chiqsak, oqar suvda bola yo‘q",- deydi o‘sha voqeaga guvoh bo‘lgan ayol.

Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Lekin kanalning suvi ko‘pligi qidirishda muammo tug‘dirayotganligi aytildi.

Ta’kidlanishicha, mazkur kanal qo‘shni Qozog‘iston bilan yuritilayotgan kanal. Qibray va Toshkent tumanlari bu kanalni yopilishiga rozi, lekin Qozog‘istondan ijobiy javob kutyapmiz, - deydi mas’ullar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!