Toshkent viloyati prokuraturasi Bo‘ka tumanidagi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Toshkent viloyati prokuraturasi Bo‘ka tumanidagi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Bo‘ka tumani IIB tomonidan tergovga jalb qilingan gumonlanuvchi shaxsning vafot etganligi holati yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov harakatlari davomida ikki nafar tezkor xodim qamoqqa olingan.

Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holat yuzasidan turli asoslanmagan ma’lumotlar tarqalmoqda.
Mazkur holat viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan bo‘lib, tergovni chalg‘ituvchi, mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma’lumotlarga ishonmasliklaringizni hamda rasmiy manbalar orqali berilayotgan ma’lumotlarga tayanishingizni so‘rab qolamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!